seismosuz@gmail.com +998 71 241-51-70   UDK 550.348 (575.1)

Zilzilalarni prognozlash.

Zilzilalarni tayyorlanish va yuzaga kelish jarayonini oʼrganish, mavjud qonuniyatlarini ochish, darakchilarni nomoyon boʼlish qanuniyatlarini oʼrganish, zilzilalarni tayyorlanish modellarini yaratish va ular asosida zilzilalarni uzoq, oʼrta va qisqa muddatli prognoz qilish uslublarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish.

Seysmik xavfni baxolash va seysmik rayonlashtirish

Respublika xududining geologik, geofizik va tektonik tuzilishini oʼrganish, zilzila keltirib chiqaruvchi omillar asosida seysmik manbaalarni aniqlash, ularning quvat imkoniyatlarini baxolash, manbaalardan atrof xududga boʼladigan seysmik taʼsirni turli usullar orqali baxolash. Respublika xududi, viloyatlar va yirik shaxarlar kesimida turli masshtabdagi seysmik rayonlashtirish xaritalarini yaratish;

Seysmotektonika va Geodinamika.

Zilzilalarni yuzaga kelishini geologik, geofizik va tektonik omillarini aniqlash, seysmik faol xududlarni tuzilshlarini, rivojlanish tarixini va xozirgi zamon xaraktlarini baxolash, zamonaviy geodinamik qarashlar asosida zilzilarni yuzaga kelish qonuniyatlarini oʼrganish, zilzila manbaalarini aniqlash, ularni koʼrsatgichlarini baxolash va turli masshtabda xaritalash. .

Muxandislik seysmologiyasi.

Seysmoabordosh inshoatlarini loyixalash ishlarini amalga oshirish uchun zilzila manbaalaridan atrof xududga boʼladigan seysmik taʼsirni baxolash. Yer qobigʼining yuqori- injener geologik qismini tadqiq etish, ularni seysmik toʼlqinga boʼlgan taʼsirini baxolash, turli masshtabdagi seysmik royonlashtirish xaritalarini yaratish.

Seysmometriya.

Zilzilalarni qayd qilish, qayd qilish tizimini yaratish, maʼlumotlarni taxlil qilish, jamlash va zilzilalar katalogini tuzish.

Texnogen seysmiklik.

Inson faoliyati natijasida atrof muxitga boʼladigan taʼsirni - kuchlanganlik deformatsion xolatni baxolash, boʼladigan taʼsirni oʼrganish. Taʼsirdan boʼladigan zararli oqibatlarni prognoz qilish va tabiiy omillardan oqilona foydalanish usullarini ishlab chiqish

Muxandislik geologiyasi.

Yerning qobigʼining yuqori gorizontlarini tuzilishini (morfologiyasini), xarakatini va regional xususiyatlarini oʼrganish va ularni muxandislik inshooatlari bilan munosabatini oʼrganish.

Seysmik (xatar) risk.

Xudularning baxolangan maksimal seysmik xavfdan koʼradigan iqtisodiy zararini baxolash va baxolash uslublarini yaratish.Xududlarni yirik shaxar, viloyat va respublika kesimlaridagi seysmik xatar xaritalarini ishlab chiqish

JURNAL HAQIDA

“Seysmologiya muammolari” ilmiy jurnali seysmologiya, seysmik rayonlashtirish va seysmik xavfni baholash, zilzilalarni bashorat qilish, seysmotektonika va geodinamika, muhandislik seysmologiyasi ilmiy yoʻnalishlari boʻyicha oʻzbek tilida tayyorlangan nazariy, amaliy, uslubiy va eksperimental tadqiqotlar natijalarini chop etishga qaratilgan. , rus va ingliz tillarida

  • Umumiy qoidalar
  • Taxririyat majburiyatlari
  • Taxririyat huquqlari

Maqsadi va vazifalari: Oʼzbekiston Respublikasida seysmologiya muammolari boʼyicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar boʼyicha ilmiy yangiliklarni davr talabi asosida izchil yoritish, shu sohaga doir yangi chiqqan qonun, farmon va qarorlar mohiyatiini hamda ularning ijrosini joylardagi kamchilik va nuqsonlarning bartaraf etilishiga matbuot chiqishlari orqali koʼmaklashish.

Ilmiy jurnalida chop etiladigan maqolalarga talablar

Chop etishga taqdim etilgan maqolalar jurnalning rasmiy talablariga javob berishi, xolis taqrizdan oʼtishi va tahririyat tavsiyasini olishi lozim. Maqolani chop etish qarori keltirilgan maʼlumotlarning ilmiy ahamiyati, dolzarbligi va ilmiy asoslanganligiga qarab qabul qilinadi.

  • 01 Umumiy qoidalar

    Chop etishga taqdim etilgan maqolalar jurnalning rasmiy talablariga javob berishi, xolis taqrizdan oʼtishi va tahririyat tavsiyasini olishi lozim. Maqolani chop etish qarori keltirilgan maʼlumotlarning ilmiy ahamiyati, dolzarbligi va ilmiy asoslanganligiga qarab qabul qilinadi. «Seysmologiya muammolari» ilmiy jurnali oʼzbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan seysmologiya, seysmik rayonlashtirish va seysmik xavfni baholash, zilzilalarni prognozlash, seysmotektonika va geodinamika, muhandislik seysmologiyasi ilmiy yoʼnalishlari boʼyicha bajarilgan nazariy, amaliy va metodologik va eksperimental izlanishlar natijalarini chop etishga qaratilgan. Shu bilan birga seysmometrik va seysmoprognostik monitoring natijalarini, texnogen seysmiklik muammolarini yechishga qaratilgan yirik ilmiy natijalarni, ilmiy anjumanlar natijalariga, ilmiy monografiyalar tahliliga qaratilgan maqolalarni chop etadi. Chop etishga taqdim etilgan maqolalar jurnalning rasmiy talablariga javob berishi, xolis taqrizdan oʼtishi va tahririyat tavsiyasini olishi lozim. Maqolani chop etish qarori keltirilgan maʼlumotlarning ilmiy ahamiyati, dolzarbligi va ilmiy asoslanganligiga qarab qabul qilinadi. Tahririyat tomonidan maʼqullanmagan maqolalar chop etilmaydi va muallifga qaytarilmaydi. Maqola matni quyidagi qismlardan: maqola nomi, muallif (mualliflar) haqidagi maʼlumotlar, asosiy qism, tashakkur va havolalardan; asosiy qism: annotatsiya va kalit soʼzlar (oʼzbek, rus va ingliz tillarida), kirish, izlanishlar predmeti va obʼekti, birlamchi maʼlumotlar va izlanish uslublari, asosiy natijalar, muhokama va xulosalardan tashkil topishi kerak. Maqola matni ekspert xulosasi (rahbar imzosi va muhr bilan tasdiqlangan holda) bilan birga topshiriladi.

  • Maqola matni standart А4 formatli qogʼozga 1,5 intervalda joylashtirilishi lozim. Har bir bet quyidagicha: yuqori va pastdan 2 sm, chapdan 3sm, oʼngdan 1,5 sm xoshiyaga ega boʼlishi kerak, soʼz boshi teng oʼlchamli – 1,27 sm boʼlishi lozim. Matnni kompьyuter orqali yozganda «Microsoft Word» matn muharriri, shrift «Times New Roman» 14 keglь boʼlishi taklif etiladi. Maqolaning umumiy xajmi (foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati, jadvallar va rasmlar bilan) 16 betdan oshmasligi lozim. Ushbu xajmdan ortib ketgan maqolalar tahririyat xulosasi va tavsiyasiga koʼra chop etilishi mumkin. Matnda keltirilgan matematik ifodalar maqola boʼyicha uzluksiz ketma-ketlikda raqamlanadi. Matnda faqatgina havolali ifodalar raqamlanadi. Raqamlar ifoda keltirilayotgan qatorning oʼng tomonida qoʼyiladi (1, 2 va hokazo).

  • 1. Barcha ma’lumotlar elektron pochta orqali qabul qilinadi. 2. Mualliflar bilan aloqa elektron pochta orqali amalga oshiriladi. 3. Ilmiy jurnalda chop etish uchun taqdim etilgan maqolalar taxririyat tomonidan ekspertlarga taqriz uchun beriladi. 4. Ijobiy taqriz olgan ilmiy maqolalar jurnalning navbatdagi sonida chop etiladi. 5. Kamchiliklari mavjud ilmiy maqolalar taqrizchi izoxlari bilan muallifga qayta ishlash va to‘ldirish uchun jo‘natiladi va qaytadan chop etish uchun ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 6. Ilmiy jurnal yo‘nalishiga to‘g‘ri kelmaydigan maqolalar chop etilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Мaqsad va vazifalar

Oʼzbekiston Respublikasida seysmologiya muammolari boʼyicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar boʼyicha ilmiy yangiliklarni davr talabi asosida izchil yoritish, shu sohaga doir yangi chiqqan qonun, farmon va qarorlar mohiyatiini hamda ularning ijrosini joylardagi kamchilik va nuqsonlarning bartaraf etilishiga matbuot chiqishlari orqali koʼmaklashish

Chop etilgan jurnallar

  • All
  • 2019
  • 2020
  • 2021
  • 2022

Tahrir hayati azolari

Qahhorboy Nosirbekovich Abdullabekov

hamidov_l@mail.ru

Bosh muharrir:

Nurmatov Ulfat Amanovich

ulfat.nurmatov@mail.ru

Jurnal ilmiy kotibi:

Aloqa uchun

Manzil:

MANZIL: TOSHKENT, ZULFIYAXONIM KO'CHASI 3

Tell:

+998 71 241-51-70

Loading
Your message has been sent. Thank you!